Birinchi kundan boshlab haqiqiy vazifalar
Nimalarni bilish kerak
- O‘quv kontent yaratish tajribasi
- Tadbirlar yoki o‘quv faoliyatlarini tashkil etish tajribasi
Ipoteka bank OTP Group stajirovka dasturiga bildirgan qiziqishingiz uchun rahmat.
Joriy qabul bosqichi uchun arizalarni qabul qilish yakunlandi. Hozirda jamoamiz kelib tushgan barcha arizalarni ko‘rib chiqmoqda.
Tanlovning keyingi bosqichi test sinovidan iborat. Dastlabki saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar test sinoviga taklifni elektron pochta yoki arizada ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali qabul qiladilar.
Arizalarni ko‘rib chiqish va nomzodlarni keyingi bosqichlarga taklif etish jarayoni iyul oyining oxirigacha davom etadi.
Agar iyun oyining oxirigacha sizga test sinovi yoki tanlovning keyingi bosqichlariga taklif yuborilmasa, bu joriy qabul natijalariga ko‘ra nomzodingiz dasturda ishtirok etish uchun tanlanmaganligini anglatadi. Shu bilan birga, ma’lumotlaringiz nomzodlar bazamizda saqlanib qoladi va yangi imkoniyatlar yoki stajirovka dasturining navbatdagi oqimlari ochilganda siz bilan bog‘lanishimiz mumkin.
Qiziqishingiz, ajratgan vaqtingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.