Mahsulot analitikasi (Kreditlar)

BI
Excel
Jira
Analytics
Toshkent
Jamoaga qo‘shadigan hissang
Sen naqd kreditlar jamoasiga qo‘shilib, real savdo va mijoz xulqini tahlil qilasan. Kredit mahsulotlari qanday rivojlantirilishini amaliy vazifalar orqali o‘rganasan.
Birinchi kundan boshlab haqiqiy vazifalar
Naqd kredit mahsulotlari va jarayonlarini, mijoz yo‘lini o‘rganish
Excel va BI orqali savdo va ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisobot tayyorlash
Prezentatsiya va ichki materiallar tayyorlashda yordam berish
Savdo dinamikasi va mijoz xulqini tahlil qilish, xulosa chiqarish
Mahsulotni yaxshilash va yangi tashabbuslarda qatnashish
Nimalarni bilish kerak
1
MS Excel, PowerPoint va boshqa MS Office bilan ishlash
2
BI orqali ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobot tayyorlash
3
Jira va hujjatlar bilan ishlash
4
O‘zbek va rus tillarini bilish, ingliz tili ustunlik
5
4-kurs talaba yoki bitiruvchi bo‘lish
Uchta qadam — va sen jamoamizdasa
Qadam 1
Arizani topshir
Arizani to‘ldir: ko‘nikmalaring, tajribang va seni chinakam ilhomlantiradigan narsalar haqida yoz. Bu yerda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob yo‘q - qanchalik ochiq va batafsil yozsang, biz senga mos yo‘nalishni shunchalik aniq tanlay olamiz
Qadam 2
Test yoki test topshirig‘ini bajar
Agar arizang muvaffaqiyatli bo‘lsa, yo‘nalishga qarab test yoki amaliy topshiriq olasan. Bu akademik yoki abstrakt emas - bu bizning jamoamiz har kuni bajaradigan ish turiga oid bo‘ladi. Yondashuvingni, fikrlashingni va nuqtai nazaringni ko‘rsat - aynan shu narsa bizni eng ko‘p qiziqtiradi
Qadam 3
Jamoa bilan suhbat
Yo‘nalish rahbarlari har bir arizani shaxsan ko‘rib chiqadi va o‘z loyihalari uchun nomzodlarni tanlaydi. Tanlovdan o‘tsang, seni bo‘lajak mentor va jamoa rahbari bilan suhbatga taklif qilishadi. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ish taklifini oladi va iyun oyidayoq stajirovkani boshlaydi - real vazifalar, professional muhit va karyerangga kuchli start beradigan tajriba bilan
Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:
- Bozor yoki mahsulot tahlili tajribasi
- Prezentatsiya tayyorlash ko‘nikmalari
Bizning imkoniyatlarimiz
To‘lanadigan stajirovka
Moslashuvchan va gibrid ish jadvali
Stajirovka yoki universitet amaliyoti uchun rasmiy rasmiylashtirish
Shahar markazida joylashgan ofis
Korporativ imkoniyatlar va vositalardan foydalanish imkoniyati
Stajirovkaga ariza topshirish
Arizani yuboring — biz siz bilan bog‘lanamiz!
Savollaringiz qolgan bo‘lsa, yozing: