Kredit mahsulotlari va analitika

Excel
PowerPoint
Analitika
Toshkent
Jamoaga qo‘shadigan hissang
Siz MSE Product Office’da kichik va mikro biznes uchun kredit mahsulotlarini rivojlantirish ustida ishlaysiz. Real vazifalarda qatnashib, tahlil, bozor va mahsulotlarni ishga tushirish jarayonlarida mentor bilan birga ishlaysiz.

Birinchi kundan boshlab haqiqiy vazifalar

Biznes kredit mahsulotlarini va ularning xususiyatlarini o‘rganish
Hisob-kitoblar va prezentatsiyalar tayyorlashda ishtirok etish
Potensial mijozlar haqida ma’lumot to‘plash va tahlil qilish
Bozor va raqobatchilar takliflarini tahlil qilish
Mahsulot tashabbuslari bo‘yicha hisobot va tavsiyalar tayyorlash
Yangi yechimlarni test qilish va joriy etishda yordam berish

Nimalarni bilish kerak

1
Excel’da yuqori darajada ishlash va ma’lumotlar bilan ishlash
2
PowerPoint orqali prezentatsiyalar tayyorlash
3
Jira bilan ishlash va vazifalarni kuzatish jarayonlarini tushunish
4
Iqtisodiyot, biznes va kreditlash asoslarini tushunish
5
Iqtisodiyot yoki biznes yo‘nalishida yuqori kurs talabasi yoki bitiruvchi bo‘lish
Uchta qadam — va sen jamoamizdasa
Qadam 1
Arizani topshir
Arizani to‘ldir: ko‘nikmalaring, tajribang va seni chinakam ilhomlantiradigan narsalar haqida yoz. Bu yerda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob yo‘q - qanchalik ochiq va batafsil yozsang, biz senga mos yo‘nalishni shunchalik aniq tanlay olamiz
Qadam 2
Test yoki test topshirig‘ini bajar
Agar arizang muvaffaqiyatli bo‘lsa, yo‘nalishga qarab test yoki amaliy topshiriq olasan. Bu akademik yoki abstrakt emas - bu bizning jamoamiz har kuni bajaradigan ish turiga oid bo‘ladi. Yondashuvingni, fikrlashingni va nuqtai nazaringni ko‘rsat - aynan shu narsa bizni eng ko‘p qiziqtiradi
Qadam 3
Jamoa bilan suhbat
Yo‘nalish rahbarlari har bir arizani shaxsan ko‘rib chiqadi va o‘z loyihalari uchun nomzodlarni tanlaydi. Tanlovdan o‘tsang, seni bo‘lajak mentor va jamoa rahbari bilan suhbatga taklif qilishadi. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ish taklifini oladi va iyun oyidayoq stajirovkani boshlaydi - real vazifalar, professional muhit va karyerangga kuchli start beradigan tajriba bilan
Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:
- Bozor va raqobatchilar tahlili bo‘yicha tajriba
- Analitik hisobotlar tayyorlash ko‘nikmasi
Bizning imkoniyatlarimiz
To‘lanadigan stajirovka
Moslashuvchan va gibrid ish jadvali
Stajirovka yoki universitet amaliyoti uchun rasmiy rasmiylashtirish
Shahar markazida joylashgan ofis
Korporativ imkoniyatlar va vositalardan foydalanish imkoniyati

Ipoteka bank OTP Group stajirovka dasturiga bildirgan qiziqishingiz uchun rahmat.

Joriy qabul bosqichi uchun arizalarni qabul qilish yakunlandi. Hozirda jamoamiz kelib tushgan barcha arizalarni ko‘rib chiqmoqda.

Tanlovning keyingi bosqichi test sinovidan iborat. Dastlabki saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar test sinoviga taklifni elektron pochta yoki arizada ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali qabul qiladilar.

Arizalarni ko‘rib chiqish va nomzodlarni keyingi bosqichlarga taklif etish jarayoni iyul oyining oxirigacha davom etadi.

Agar iyun oyining oxirigacha sizga test sinovi yoki tanlovning keyingi bosqichlariga taklif yuborilmasa, bu joriy qabul natijalariga ko‘ra nomzodingiz dasturda ishtirok etish uchun tanlanmaganligini anglatadi. Shu bilan birga, ma’lumotlaringiz nomzodlar bazamizda saqlanib qoladi va yangi imkoniyatlar yoki stajirovka dasturining navbatdagi oqimlari ochilganda siz bilan bog‘lanishimiz mumkin.

Qiziqishingiz, ajratgan vaqtingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Savollaringiz qolgan bo‘lsa, yozing: