Yirik korporativ biznes

Finance
Banking
CRM
Toshkent
Jamoaga qo‘shadigan hissang
Siz bankning eng yirik korporativ mijozlari bilan ishlovchi jamoaning bir qismi bo‘lasiz. Biznes bilan ishlash jarayonlariga kirib borib, tajribali jamoa bilan muhim mijozlar bilan aloqalarni rivojlantirasiz.
Birinchi kundan boshlab haqiqiy vazifalar
Kreditlash jarayoni va bitimlarni tasdiqlash bosqichlarini o‘rganish
Relationship menejerlarga mijozlar va bitimlarni yuritishda yordam berish
Materiallar tayyorlash va mijozlar bilan ishlashda qatnashish
Jarayonlar samaradorligini tahlil qilish va takliflar berish
Nimalarni bilish kerak
1
Moliya, iqtisodiyot, biznes va menejment asoslarini tushunish
2
MS Office (Excel, Word, PowerPoint, Outlook) bilan ishlash va ma’lumotlarni qayta ishlash
3
O‘zbek, rus va ingliz tillaridan ish jarayonida foydalanish
4
Jira, CRM va MS Outlook orqali vazifalar va hamkorlikni yuritish
Uchta qadam — va sen jamoamizdasa
Qadam 1
Arizani topshir
Arizani to‘ldir: ko‘nikmalaring, tajribang va seni chinakam ilhomlantiradigan narsalar haqida yoz. Bu yerda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob yo‘q - qanchalik ochiq va batafsil yozsang, biz senga mos yo‘nalishni shunchalik aniq tanlay olamiz
Qadam 2
Test yoki test topshirig‘ini bajar
Agar arizang muvaffaqiyatli bo‘lsa, yo‘nalishga qarab test yoki amaliy topshiriq olasan. Bu akademik yoki abstrakt emas - bu bizning jamoamiz har kuni bajaradigan ish turiga oid bo‘ladi. Yondashuvingni, fikrlashingni va nuqtai nazaringni ko‘rsat - aynan shu narsa bizni eng ko‘p qiziqtiradi
Qadam 3
Jamoa bilan suhbat
Yo‘nalish rahbarlari har bir arizani shaxsan ko‘rib chiqadi va o‘z loyihalari uchun nomzodlarni tanlaydi. Tanlovdan o‘tsang, seni bo‘lajak mentor va jamoa rahbari bilan suhbatga taklif qilishadi. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ish taklifini oladi va iyun oyidayoq stajirovkani boshlaydi - real vazifalar, professional muhit va karyerangga kuchli start beradigan tajriba bilan
Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:
- Korporativ mijozlar bilan ishlash tajribasi
- Bank mahsulotlarini bilish
- Biznes takliflar tayyorlash ko‘nikmasi
Bizning imkoniyatlarimiz
To‘lanadigan stajirovka
Moslashuvchan va gibrid ish jadvali
Stajirovka yoki universitet amaliyoti uchun rasmiy rasmiylashtirish
Shahar markazida joylashgan ofis
Korporativ imkoniyatlar va vositalardan foydalanish imkoniyati
Stajirovkaga ariza topshirish
Arizani yuboring — biz siz bilan bog‘lanamiz!
Savollaringiz qolgan bo‘lsa, yozing: